Welcome to Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

 

BMB Trade Group va Rossiyaning “Natsionalnaya Rezervnaya Korporatsiya” o’rtasida tuzilgan shartnoma asosida Sharof Rashidov tumanida zamonaviy Agrologistika kompleksi barpo etish maqsadida “BMB-NRC Agrologistics” O’zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi tashkil etildi.

Mazkur kompleks mamlakatimizda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saralash, qayta ishlash va qadoqlash, saqlash, bojxona va sanitar hujjatlarini rasmiylashtirish, transport va logistika xizmatini ko‘rsatish hamda Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri eksportini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi. Shuningdek, mazkur majmua tarkibida Rosselxoznadzorning akkreditatsiyadan o‘tkazilgan labaratoriyasi joylashadi va bu yerda bevosita gigiyenik sertifikat  beriladi.

Qayd etib o‘tish joizki, jami uch bosqichdan iborat bo‘lgan mazkur loyiha O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida tuzilgan hukumatlararo kelishuv asosida amalga oshirilmoqda.

E’tiborlisi, joriy yilning 15 dekabr kuni VEB tomonidan ushbu loyihaning birinchi bosqichini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘ning dastlabki qismi moliyalashtirish uchun yo‘naltirildi.

Muxtasar aytganda, ikki tomonlama hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ushbu loyiha ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Jizzax viloyat hokimligining axborot xizmati    

 

Tugmani bosing Tinglash