Welcome to Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

 

Hurmatli foydalanuvchilar, Sizlarni Davlat statistika qo`mitasi tomonidan joriy yilning 1 sentyabridan 30 noyabrigacha “Taqdim qilinayotgan statistik ma`lumotlarning sifatidan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini baholash” bo`yicha o`tkazilayotgan so`rovnomada, savolnomani to`ldirish asosida ishtirok etishga taklif qilamiz.

O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i to’g’risidagi qonun qabul qilingan kunning 29 yilligi munosabati bilan Arnasoy tumani Navro’z qo’rg’onidagi Aydar–Arnasoy ko’li atrofida bir guruh yoshlar 90 ga 60 metrli O’zbekiston bayrog’ini keng quloch qilib yoyishdi.

Unda O’zbekiston Yoshlar ishlari Agentligi Jizzax viloyat boshqarma boshlig’i Dilmurod Xudoyshukurov boshchiligida faollik ko’rsatgan Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji yoshlari, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Arnasoy tuman Kengashining faol yoshlari hamda Milliy gvardiya xodimlari ishtirok etishdi.

Bundan ko’zlangan maqsad yoshlar ongi-tafakkurida mustaqil O’zbekiston bayrog’i — o’zbek xalqining azaliy orzulari timsoli sifatida e’tirof etilishi bo’ldi. 

Jizzax viloyat hokimligi axborot xizmati

 

 

 

Tugmani bosing Tinglash