Welcome to Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech


Germaniyaning “Volkswagen” konserni O’zbekistonda o’z avtomobillarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishi haqida xabar qilingan edi. Konsern modellari Jizzaxda barpo etilayotgan zavodda 2022 yilda yo’lga qo’yilishi rejalashtirilgan. Hozirda bu yerda qurilish-montaj ishlari qizg’in ketmoqda.

27 iyul kuni esa, Volkswagen O’zbekiston avtomobil bozori uchun o’z modellarining onlayn taqdimotini o’tkazdi.

Shunday qilib, hozircha, Volkswagen Caddy 3 xil namunada va 3 xil narx segmentida xaridorlarga havola qilinadi.

172 mln 100 ming so’mdan sotiladigan Volkswagen Caddy (Kasten) avtomobili, asosan, yuk tashishga mo’ljallangan. Uning o’rtacha yonilg’i sarfi 100 km.ga 7,1 litrni tashkil etadi. Dvigateli 110 ot kuchiga teng bo’lib, 5 bosqichli mexanik uzatmalar qutisi yordamida harakatlanadi. 12,5 soniyada tezligini 100 km/soatga yetkaza oladi. To’plamda orqaga joylash sensorli datchiklar, balandlikka to’xtab turgan joyidan harakatlanishda yordam beruvchi tizim, elektrrul kuchaytirgich, masofadan boshqariluvchi markaziy qulf tizimlari mavjud.

Volkswagen Caddy (Kombi) 190 000 000 so’mdan taqdim etilmoqda. Uning ham texnik ko’rsatkichlari Volkswagen Caddy (Kasten) bilan bir xil. Birgina farqi avtomobilning yuk va yo’lovchi tashishga moslashtirilganidir.

(Trendline) modellar qatoridagi eng qimmati sanaladi. U faqat yo’lovchi tashishga mo’ljallangan bo’lib, haydovchi bilan birga 7 kishini tashiy oladi. Texnik ko’rsatkichlari Volkswagen Caddy (Kasten) modeli bilan ayni.

Shu bilan birga, to’plam jihozlanishida birmuncha o’zgarishlar mavjud:

Bamperlar kuzov rangiga bo’yalgan bo’ladi, old o’rindiqlar alohida boshqarilgan tarzda qizdiriladi, konditsioner, Caloundra 6J x15 quyma disklari, tumanga qarshi faralar, orqaga joylash sensorli datchiklar, balandlikka to’xtat turgan joyidan harakatlanishda yordam beruvchi tizim, elektrrul kuchaytirgich, masofadan boshqariluvchi markaziy qulf bo’ladi.

Jizzax viloyati hokimligining axborot xizmati 

 

Tugmani bosing Tinglash