Welcome to Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-KB shakli yillik Mikrofirma va kichik korxonaning 2019 yil uchun hisobotini (tegishli ilovalari bilan) 2020 yil 26 fevraldan kechiktirmay, xato va kamchiliklarsiz (www.jizzaxstat.uz) eStat3.0 tizimi orqali elektron ko‘rinishda taqdim etishlaringizni eslatamiz.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 apreldagi “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi  Qaroriga asosan “Jizzax plastmassa” aksiyadorlik jamiyati Nizom kapitalining 25 foizigacha bo’lgan miqdorda IPO usulida qo’shimcha aksiyalar chiqargan edi. Jizzax politexnika institutining majlislar zalida korxona aksiyalarini mahalliy va xorijiy investorlarga ochiq taklif qilishga doir tadbir bo’lib o’tdi.

—Mazkur qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan korxonamiz Nizom kapitalining 25 foizi yoki nominal qiymatda 3 494 853 990 so’mlik jami 1 140 246 dona aksiya chiqarish va dastlabki bosqichda birlamchi ommaviy taklifni (IPO) o’tkazish rejasini  belgilagandik,—deydi tadbirda so’z olgan “Jizzax plastmassa” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o’rinbosari Extibor  Talibayev.—Qimmatli qog’ozlar belgilangan tartibda tegishli davlat idoralaridan ro’yxatdan o’tkazilib, “Toshkent”dagi respublika fond birjasi kotirovkasining listingiga joylashtirildi. Endilikda  har bir shaxs  11 402 donagacha aksiya xarid qilish imkoniyatiga ega. Bu esa taklif hajmining 1 foizini tashkil qiladi. Loyihada xorijiy investorlar, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxs bo’lgan hamyurtlarimiz ishtirok etishlari mumkin. Narxlar mezoni 1 aksiya uchun 3 400 so’mdan 30 541 so’mgacha qilib belgilangan.

O’tgan yilning 12 dekabrida Toshkentdagi “Citi Palace” mehmonxonasida jamiyat va “Portfolio Investment” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda “Jizzax plastmassa” aksiyadorlik jamiyatining IPO obuna mavsumining  ochilish marosimi (Road show)ga bag’ishlangan tadbir o’tkazilib, uning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga tushuntirilgan edi. Bundan tashqari,  jamiyatning mas’ul xodimlari va “Portfolio Investments” MChJ anderrayter kompaniyasi bilan hamkorlikda   mahalliy va xorijiy investorlarni jalb etish bo’yicha joriy yilning o’tgan davrida Toshkentdagi Vestminster universitetida, Farg’onadagi “Farg’onaazot” AJda, Navoiydagi “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida ham targ’ibot va tashviqot (Road Show) ishlarini amalga oshirishdi.

 Aksiyalarni sotishdan tushgan mablag’lar jamiyatda rejalashtirilgan investitsiya loyihalariga yo’naltiriladi. Shunisi e’tiborliki, 2019 yil mobaynida “Jizzax plastmassa” AJ  tomonidan  loyiha qiymati 505 ming AQSh dollari bo’lgan katta hajmdagi polietilen quvurlar uchun fitinglar ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirildi. Bundan tashqari, loyiha qiymati 66 ming AQSh dollari bo’lgan tashqi o’lchami 16-90 mm bo’lgan polipropilen quvurlar ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirilib, mahsulot bera boshladi.

Korxonada yangi-yangi loyihalarning ishga tushirilishi mahsulot ishlab chiqarish hajmini 2018 yilda 37 mlrd.so’mlikka, 2019 yilda esa 40 mlrd.so’mlikka yetkazilishini ta’minladi. Bu o’z navbatida o’sish sur’atini 108 foizga oshirdi. Belgilangan rejalar 100 foizga uddalandi.

Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati    

 

 

Tugmani bosing Tinglash