Welcome to Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-KB shakli yillik Mikrofirma va kichik korxonaning 2019 yil uchun hisobotini (tegishli ilovalari bilan) 2020 yil 26 fevraldan kechiktirmay, xato va kamchiliklarsiz (www.jizzaxstat.uz) eStat3.0 tizimi orqali elektron ko‘rinishda taqdim etishlaringizni eslatamiz.


Qarorga ko’ra, qonun normalarini hamda ko’p kvartirali uylarni boshqarishning tartib-taomillari samaradorligini aniqlash huquqiy eksperimentning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Shunga ko’ra, Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani, Jizzax va Marg’ilon shaharlarida ko’p kvartirali uylarni boshqarish masalalari bo’yicha tuman (shahar) uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish bo’limlarida aholi uchun maslahat punktlari tashkil etiladi.

Qaror bilan tasdiqlangan vaqtinchalik nizomga ko’ra, ko’p kvartirali uyni boshqarish usuli turar joylar va yashash uchun mo’ljallanmagan joylarning mulkdorlari umumiy yig’ilishida belgilanadi.

Ko’p kvartirali uyni boshqarish:

bevosita joylarning mulkdorlari tomonidan;

yuridik shaxs bo’lgan boshqaruvchi tashkilot yoki jismoniy shaxs bo’lgan boshqaruvchi tomonidan shartnoma asosida;

uy-joy mulkdorlari shirkati bo’lgan notijorat tashkilot tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Huquqiy eksperiment o’tkazish davrida «Eng yaxshi boshqaruvchi» tanlovi tashkil etilib, eng yaxshi boshqaruvchining ish tajribasi OAVlarda keng yoritiladi.

Qaror bilan huquqiy eksperiment o’tkazish bo’yicha Respublika ishchi guruhi va hududiy ishchi guruhlar tarkibi tasdiqlandi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati  

 

 

Tugmani bosing Tinglash