Welcome to Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-KB shakli yillik Mikrofirma va kichik korxonaning 2019 yil uchun hisobotini (tegishli ilovalari bilan) 2020 yil 26 fevraldan kechiktirmay, xato va kamchiliklarsiz (www.jizzaxstat.uz) eStat3.0 tizimi orqali elektron ko‘rinishda taqdim etishlaringizni eslatamiz.


Bugun Jizzax viloyat hokimligida Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2-sessiyasi o’tkazildi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2-sessiyasida viloyat Kengashi deputatlari viloyat, shahar tuman hokimlari, viloyat hokimining o’rinbosarlari, kotibiyat mudirlari, guruh rahbarlari, viloyatdagi boshqarma va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Sessiyada deputatlar 10 ta masalani ko’rib chiqdilar.

Dastlab, viloyat hokimi Ergash Saliyevning O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvarda murojaatnomasida belgilab berilgan dolzarb vazifalar hamda viloyatning 2019 yilgi ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va joriy yilga mo’ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy dasturning eng muxim ustuvor yo’nalishlari to’g’risidagi hisoboti tinglandi.

Shuningdek, sessiyada viloyat prokuraturasi organlarining qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muxofaza qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2019 yil mobaynidagi faoliyati, viloyat Ichki ishlar boshqarmasining viloyat hududida jinoyatchilik, huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat tartibini saqlash  hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, viloyatidagi jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy sud raislarining 2019 yil yakunlari haqidagi axboroti,  viloyat adliya boshqarmasi huquqiy targ’ibot va ma’rifat ishlarining ahvoli, qonun hujjatlarini tarqatish hamda ijrochilarga yetkazish, uning mazmun mohiyati  va ahamiyatini aholiga tushuntirish ishlari bo’yicha 2019 yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarida 2019 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2020 yildagi ustuvor vazifalar hamda viloyatimizda qishloq xo’jaligi, ayniqsa sug’oriladigan ekin yerlarini ajratish, ulardan foydalanish ahvoli va bu boradagi dolzarb vazifalar xususida so’z bordi. Sessiyada xalq deputatlari viloyat Kengashi va doimiy komissiyalarining 2020 yilga mo’ljallangan ish rejalarini tasdiqlash, viloyat hokimining o’rinbosarlari, kotibiyat mudirlari, guruh rahbarlari, viloyat boshqarma va tashkilot rahbarlarini lavozimga tasdiqlash, xalq deputatlari viloyat kengashiga saylov o’tkazuvchi viloyat saylov kommisiyasi tarkibiga o’zgartirish kiritish kabi masalalar ham ko’rib chiqildi.

Ko’rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati 

Tugmani bosing Tinglash