Welcome to Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-KB shakli yillik Mikrofirma va kichik korxonaning 2019 yil uchun hisobotini (tegishli ilovalari bilan) 2020 yil 26 fevraldan kechiktirmay, xato va kamchiliklarsiz (www.jizzaxstat.uz) eStat3.0 tizimi orqali elektron ko‘rinishda taqdim etishlaringizni eslatamiz.


O’tgan 2019 yilning noyabr oyida ish boshlagan Jizzax shahridagi "Sofitel" mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi O’zbekiston-Xitoy qo’shma korxonasiqisqa fursatda yuqori natijalarni qo’lga kiritdi.

Korxonamizning loyiha qiymati 10,1 million AQSh dollariga teng bo’lib, yiliga 10 ming tonna o’ta noyob sanalgan metall va matolarga rang be-ruvchi "Ultramarin" buyoqlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, — deydi korxona menejeriQobil Komilov. Qisqa fursatda iste’molchilarga 128 ming AQSh dollari miqdoridagi mahsulot yetkazib berildi. Yil boshidan beri 90 tonna"Ultramarin" bo’yoqlari ishlab chiqarishga erishildi.

Qo’shma korxonaning ishlab chiqarish sexlari Xitoyning eng so’nggi rusum-dagi zamonaviy texnologiyalari, asbob-anjomlar bilan jihozlangan. Korxona yiliga 4 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Ayni paytda bu yerda xitoyliklar bilan mahalliy mutaxassislar hamkorlikda faoliyat olib borayapti.

—Mamlakatingizda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan, — deydi xitoylik menejer operator Liu Yenli. — Ikki tomonlama hamkorligimiz mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda bozorgir mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan.Dastlabki natijalar quvonarli.

Darhaqiqat, qo’shma korxona asosan mahalliy xom ashyo — kalsiy sodasi, oltingugurt, kaolin, kvars qumi kukuni va o’tin ko’miridan bozorgir mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Hozircha ishlab chiqarilayotgan mahsulot uchun faqatgina xom ashyo tarkibiga qo’shilayotgan natriy sulfit Xitoydan olinayapti.

Kalsiy sodasi Qoraqalpog’iston Respublikasining Qo’ng’irot shahridan, oltingugurt esa Muborak gazni qayta ishlash zavodidan, kaolin Angrendan, o’tin ko’miri Toshkentdan, kvars qumi kukini esa Forishdan keltirilayapti. Ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyodan keng foydalanilayotgani mahsulot tannarxini arzonlashtirish imkonini berayotir.

Viloyat hokimligining axborot xizmati  

 

Tugmani bosing Tinglash