Welcome to Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-KB shakli yillik Mikrofirma va kichik korxonaning 2019 yil uchun hisobotini (tegishli ilovalari bilan) 2020 yil 26 fevraldan kechiktirmay, xato va kamchiliklarsiz (www.jizzaxstat.uz) eStat3.0 tizimi orqali elektron ko‘rinishda taqdim etishlaringizni eslatamiz.


Ma’lumotlarga ko’ra, 2030 yilga borib mamlakatimizda elektr energiyasiga bo’lgan ehtiyoj 2 baravarga oshib, talab 117 mlrd. kVt∙s ni tashkil etishi kutilmoqda. Bu haqda energetika sohasida joriy yilda amalga oshiriladigan ishlar haqidagi tadbirda ma’lumot berib o’tildi.  

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, agar yangi generatsiya manbalari foydalanishga kiritilmasa, mavjud defitsit 2030 yilga borib 48 mlrd kVt∙s ni tashkil etishi mumkin.

Shu nuqtai nazardan, Respublikada har birining quvvati 1,2 GVt dan bo’lgan 2 ta energobloklardan iborat “3+” avlodli atom elektr stansiyasini qurish va foydalanish belgilandi. 

Tadqiqotlar natijalari, muhandislik-texnika va iqtisodiy ahamiyati hamda mutaxassissilar, xalqaro ekspertlar xulosalariga asoslanib, AES qurilishi uchun maqbul joy sifatida Jizzax viloyati Forish tumanidagi “Tuzkon” ko’li yaqinidagi maydon tanlandi. 

Ma’lumot uchun, Atom elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirish doirasida kadrlar tayyorlash Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE), “Rosatom” davlat korporatsiyasi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan amalga oshirilmoqda. 2019 yilning kuzida Toshkentda “MMFI” milliy tadqiqot yadro universitetining filiali ochildi. Hozirda ushbu universitetda 145 nafar O’zbekistonlik talabalar va Toshkent shahridagi filialida 100 nafar talabalar atom energetikasining asosiy yo’nalishlari bo’yicha tahsil olib kelmoqdalar.

Viloyat hokimligining axborot xizmati  

 

 

Tugmani bosing Tinglash