Welcome to Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-KB shakli yillik Mikrofirma va kichik korxonaning 2019 yil uchun hisobotini (tegishli ilovalari bilan) 2020 yil 26 fevraldan kechiktirmay, xato va kamchiliklarsiz (www.jizzaxstat.uz) eStat3.0 tizimi orqali elektron ko‘rinishda taqdim etishlaringizni eslatamiz.


2020 yilning 16 yanvar kuni Jizzax shahridagi viloyat musiqali drama teatrida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlarining qo’shma majlisi bo’lib o’tdi.

Mahalliy kengashlar deputatlari, viloyat faollari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan majlisda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aьzoligiga Jizzax viloyatidan vakillar saylash to’g’risidagi masala ko’rib chiqildi.

Qo’shma majlisni O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi E.Xodjakulov ochib, Saylov kodeksiga muvofiq Oliy Majlis yuqori palatasiga saylovni o’tkazish tartib-taomillari haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Qo’shma majlis raisligiga 36-Navoiy saylov okrugidan viloyat kengashi deputati E.Xolmatov nomzodini taklif etdi. Taklif bir ovozdan maьqullandi. Qo’shma majlisda ishchi hay’ati, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aьzoligiga nomzodlar ko’rsatish bo’yicha Maslahat kengashi, majlis kotibiyati, sanoq komissiyasi aьzolari ochiq ovoz berish yo’li bilan saylab olindi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aьzoligiga nomzodlar ko’rsatish bo’yicha Maslahat kengashi maxsus ajratilgan xonada senat a’zoligiga nomzodlarni muhokama etgach, viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshi biladigan, chuqur huquqiy bilim va yetarli salohiyatga ega, eng obro’li deputatlarni ilgari surdi. Har bir nomzod alohida muhokama etilib, yashirin ovoz berish byulleteniga kiritildi.

Saylovda qo’shma majlisda ishtirok etgan 389 nafar mahalliy kengash deputatlari yashirin ovoz berish yo’li bilan nomzodlarga o’z munosabatini bildirdi.

Sanoq komissiyasining xulosasiga ko’ra, 42-Paxtakor saylov okrugidan xalq deputatlari viloyat kengashi deputati, viloyat hokimi E.Saliyev, 7-Uchariq saylov okrugidan viloyat kengashi deputati, viloyat hokimi o’rinbosari, Xotin-qizlar qo’mitasi raisi N.Muxtorova, 19-Ziyokor saylov okrugidan viloyat kengashi deputati, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli “Umid” maktab internati direktori S.Suyarova, 54-Guliston saylov okrugidan viloyat kengashi deputati, Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining G’allaorol ilmiy tajriba stansiyasi direktori R.Siddiqov, 30-Oqar saylov okrugidan viloyat kengashi deputati, Jizzax viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori X.Alimova hamda 37-Yangi chorvador saylov okrugidan viloyat kengashi deputati, Kasaba uyushmalari birlashmasi viloyat Kengashi raisi N.Pardayevlar ko’pchilik ovoz bilan Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylandi.

Yangi saylangan senatorlar nomidan so’zga chiqqan viloyat hokimi Ergash Saliyev yuksak ishonch uchun qo’shma majlis ishtirokchilariga minnatdorlik bildirib, barcha senatorlarning viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, voha qiyofasini yanada o’zgartirish yo’lida samarali faoliyat yuritishiga muvaffaqiyat tiladi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash