Welcome to Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech


Bugun oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining  birinchi sessiyasi o’tkazildi.

Sessiya ishida viloyat Kengashi deputatlari, viloyat hokimining o’rinbosarlari, viloyat hokimligining boshqarma va bo’limlari rahbarlari, shahar va tuman hokimlari, sektor rahbarlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi  Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo’yicha maslahatchisi Sherzod Kudbiyev Davlyatovich ishtirok etdi.

O’zbekiston Konstitutsiyasining 98-moddasi, shuningdek “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunning 2-moddasiga binoan viloyat hokimligiga nomzod O’zbekiston prezidenti tomonidan xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o’tkazilganidan so’ng ushbu Kengashga tasdiqlash uchun taqdim etilishi belgilangan.

Sherzod Kudbiyevning ma’lum qilishicha, Qonunchilikning bu talabidan kelib chiqib, O’zbekiston Prezidenti tomonidan viloyat hokimligiga Ergash Saliyev Alibekovich nomzodi tavsiya etildi. Nomzod bo’yicha partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o’tkazildi. 

Sessiyada “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi qonunning 2-moddasiga ko’ra Ergash Saliyevni viloyat hokimi lavozimiga tasdiqlash uchun xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashiga taqdimnoma kiritildi. Deputatlar Ergash Saliyevni Jizzax viloyati hokimi etib bir ovozdan tasdiqladi. 

Ergash Saliyev 2017 yilning oktyabr oyidan buyon Jizzax viloyati hokimi hisoblanadi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati   

 

Tugmani bosing Tinglash