Welcome to Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida


O’zbekistonda yoz davomida sarf qilingan elektr energiyasi miqdorining eng yuqori nuqtasi qishki davrniki bilan taqqoslaganda ancha ko’proqni tashkil etmoqda. Bu haqda «O’zatom» bosh direktori Jo’rabek Mirzamahmudov ma’lum qildi.

«Avvallari bizda yozdagi energiya iste’moli doimo qishdagisiga nisbatan kam bo’lardi. Bu yil esa yozdagi eng yuqori elektr energiyasi sarfi miqdori qish davridagi pik-nuqtadan sezilarli darajada oshib ketdi», Unga ko’ra, bunday tendensiya mamlakatda biznes va ishlab chiqarish faollashayotgani bilan bog’liq.

«Bu – ishbilarmonlik faolligining ko’rsatkichi. Juda ko’plab yangi ishlab chiqarish korxonalari tashkil etilmoqda. Ularning hammasiga energiya kerak», – deya izoh berdi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori.

Eslatib o’tamiz, 2020 yildan Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko’li yaqinida Markaziy Osiyodagi ilk atom elektr stansiyasi qurilishi boshlanishi kutilmoqda.

«O’zatom» tanlangan maydondagi muhandislik tadqiqotlarini 2019 yilning oxirigacha tugallashni rejalashtirgan. AES qurilishi bo’yicha Rossiyaning «Rosatom» davlat korporatsiyasi bilan asosiy shartnoma ham joriy yil so’ngiga qadar imzolanishi kutilyapti.

O’zbekistondagi birinchi AES har biri 1,2 ming megavatt quvvatga ega 2 ta energoblokdan iborat bo’ladi. Birinchi energoblokni 2028 yilgacha, ikkinchisini esa 2030 yilda foydalanishga topshirish mo’ljallanmoqda.

Viloyat hokimligi axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash