Welcome to Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvardagi «Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarori mamlakatimizni barqaror taraqqiy ettirish, aholi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan muhim hujjat hisoblanadi. Uning ijrosini ta’minlash bugunning muhim talabidir.

Bu borada jismoniy va yuridik shaxslarning yozma va og’zaki murojaatlari sinchiklab o’rganilib, ularda ko’tarilgan masalalarni hal etish, navbatdagi dolzarb vazifalarni belgilab olishda sayyor qabullar muhim ahamiyat kasb etyapti.

Jizzax  viloyati  hokimi,  birinchi  sektor rahbari Ergash Saliyev Yangiobod tumani "Sovot” qishloq fuqarolar yig’inida sayyor qabul o’tkazdi.

Sayyor qabulda viloyatdagi 4 ta sektor rahbarlari, viloyat korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari ishtirok etdi.

Yig’ilishni boshqargan viloyat hokimi Ergash Saliyev qatnashchilar e’tiborini sayyor qabullar jismoniy va yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mansabdor shaxslarning murojaatlar bilan ishlashdagi mas’uliyatini oshirishda muhim omil bo’layotganini ta’kidladi. Fuqarolarning murojaatlari e’tiborsiz qolmasligi, ularning barcha savollariga viloyat korxona va tashkilotlarining rahbarlari ochiq-oydin javob berishlari haqida so’z yuritdi.

Shundan so’ng sayyor qabulga viloyat korxona va tashkilotlari, tuman hokimligi mutasaddilari, sektorlar hamda idora va muassasalar rahbarlari jalb etildi.

-Qabul davomida 70 ta fuqarolar ishtirok etishdi. Muammoli masalalar yuzasidan murojaatlarning 5 tasi joyida hal etilgan bo’lsa, 7 ta fuqaroga xuquqiy tushunchalar berildi, - deydi hududlarni kompleks rivojlantirish bo’yicha viloyat hokimining 1-sektor shtabi kotibi Fazliddin Elchiboyev.- 58 ta fuqaroning 61 ta murojaati tegishli viloyat rahbarlariga ijrosi qonun doirasida o’rganib ijobiy hal etish topshirig’i berildi.

Fuqarolarning murojaati asosan yo’llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, kommunal sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, uy-joy bilan ta’minlash, tibbiy xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash va tadbirkorlikni rivojlantirish, tijorat banklaridan kredit olishda ko’maklashish, ishga joylashish kabi muammolar haqida bo’ldi.

Joyida hal etish imkoni bo’lgan murojaatlar yuzasidan talablar qanoatlantirildi. Atroflicha o’rganishni taqozo etadigan dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan yechimini topish vakolatiga ega bo’lgan korxona, tashkilot, muassasalarga muddat belgilanib, tegishli organlar tomonidan nazoratga olingan holda topshiriqlar berildi.

Sayyor qabul davomida qayd etilgan murojaatlarning asosiy qismi ijtmoiy-iqtisodiy masalalarga oid bo’lib, barchasi nazoratga olindi va ularni hal etish bo’yicha aniq muddatlar belgilandi.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash