Welcome to Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida


Bugun Jizzax viloyat hokimligi konferensiya zalida “Qishloq  xo’jaligi sohasini rivojlantirishning dolzarb masalalari hamda kelgusidagi rejalar”  mavzusida Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari  Mahmud Xolbo’tayev  ishtirokida matbuot anjumani o’tkazildi.

Dastlab, viloyat hokimligi Axborot xizmati rahbari – viloyat hokimining matbuot kotibi Akmal Binokulov matbuot anjumanini ochib berdi.

Shundang so’ng, viloyat hokimining o’rinbosari M.Xolbo’tayev viloyatda qishloq xo’jaligi sohasini rivojlantirishning dolzarb masalalari hamda kelgusidagi rejalar to’g’risida to’xtalib o’tdi.

Bugungi kunda 12 tumanda faoliyat yuritayotgan 7524 mingdan ortiq fermer xo’jaliklarida mingdan ortiq ishchi va xizmatchi mehnat qilib kelmoqda, deb o’z so’zini boshladi viloyat hokimi o’rinbosari.

2019 yilning 6 oyi mobaynida qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi mahsulotlarining umumiy hajmi 4 trillion 473 milliard so’mni tashkil qildi.

Viloyatda 2019 yil hosili uchun 4735 nafar fermer xo’jaliklari tomonidan jami 178860 gektar, shundan 102500 gektarga suvli hamda 76700 gektar lalmi maydonlardan davlatga 257,6 ming tonna don topshirish belgilangan bo’lib, rejaga nisbatan 119,7 foizga bajarildi.

Tumanlarda 2019 yil hosili uchun 2011 nafar fermer xo’jaliklari tomonidan 78100 ming gektar maydondan davlatga 208600 ming tonna paxta xom ashyosi topshirish bo’yicha kontraktatsiya shartnomalari tuzildi.

Joriy yil bahorida 4723 nafar fermer xo’jaliklari hamda 500 nafar kasanachilar bilan 3 ta pillani qayta ishlash korxonalari tomonidan 590 tonnaga kontraktatsiya shartnomalar tuzilib, shartnomaviy reja 595,5 tonnaga bajarildi.

Bugungi kunda viloyatda 873 ming 133 bosh yirik shoxli mollar shundan 248 ming 245 bosh sigirlar mavjud.

Joriy yilda jami go’sht mahsulotini ishlab chiqarish 84,1 ming tonnaga va sut ishlab chiqarish 266,4 ming tonnaga o’sdi.

Viloyat bo’yicha tabiiy suv havzalari 205 ming gektar maydonda sun’iy suv havzasi 3282 gektarni tashkil etib, bugungi kunda 2526 tonna baliq ovlangan.

8668 dona qishloq xo’jaligi texnikalari mavjud. Shundan 2019 yil 6 oyi davomida 374 ta har hil turdagi qishloq xo’jaligi texnikalari xarid qilingan bo’lib, shundan 160 tasi zomonaviy yuqori unimli qishloq xo’jaligi texnikalarni tashkil etadi.

Viloyatda 2019-2020 yillarda jami 236 ta, qiymati 5,8 trln miqdoridagi qishloq xo’jaligi loyihalari amalga oshirilishi belgilangan bo’lib, joriy yilning shu kuniga qadar 52 ta, qiymati 780,1 mlrd. so’mlik loyihalar amalga oshirilib, 406 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Matbuot anjumani so’ngida jurnalistlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash