Welcome to Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvardagi «Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarori mamlakatimizni barqaror taraqqiy ettirish, aholi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan muhim hujjat hisoblanadi. Uning ijrosini ta’minlash bugunning muhim talabidir.

Bu borada jismoniy va yuridik shaxslarning yozma va og’zaki murojaatlari sinchiklab o’rganilib, ularda ko’tarilgan masalalarni hal etish, navbatdagi dolzarb vazifalarni belgilab olishda sayyor qabullar muhim ahamiyat kasb etyapti.

Jizzax viloyati hokimi, birinchi sektor rahbari Ergash Saliyev Forish tumani "Egizbuloq” mahalla fuqarolar yig’inida sayyor qabul o’tkazdi.

Sayyor qabulda viloyatdagi 4 ta sektor rahbarlari, viloyat korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyat xalq qabulxonasi mudiri Bayrambek Uzoqov kirish so’zi bilan ochdi.

Yig’ilishni boshqargan viloyat hokimi Ergash Saliyev qatnashchilar e’tiborini sayyor qabullar jismoniy va yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mansabdor shaxslarning murojaatlar bilan ishlashdagi mas’uliyatini oshirishda muhim omil bo’layotganini ta’kidladi. Fuqarolarning murojaatlari e’tiborsiz qolmasligi, ularning barcha savollariga viloyat korxona va tashkilotlarining rahbarlari ochiq-oydin javob berishlari haqida so’z yuritdi.

Shundan so’ng sayyor qabulga viloyat korxona va tashkilotlari, tuman hokimligi mutasaddilari, sektorlar hamda idora va muassasalar rahbarlari jalb etildi.

- Qabul davomida 98 ta fuqarolar ishtirok etishdi. Muammoli masalalar yuzasidan murojaatlarning 11 tasi joyida hal etilgan bo’lsa, 7 ta fuqaroga huquqiy tushunchalar berildi - deydi hududlarni kompleks rivojlantirish bo’yicha viloyat hokimining 1-sektor shtabi kotibi Fazliddin Elchiboyev.

Fuqarolarning murojaati asosan yo’llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, kommunal sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, uy-joy bilan ta’minlash, tibbiy xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash va tadbirkorlikni rivojlantirish, tijorat banklaridan kredit olishda ko’maklashish, ishga joylashish kabi muammolar haqida bo’ldi.

Joyida hal etish imkoni bo’lgan murojaatlar yuzasidan talablar qanoatlantirildi. Atroflicha o’rganishni taqozo etadigan dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan yechimini topish vakolatiga ega bo’lgan korxona, tashkilot, muassasalarga muddat belgilanib, tegishli organlar tomonidan nazoratga olingan holda topshiriqlar berildi.

– Qishloqdagi 6-umumta’lim maktabida o’quvchilar ko’pligi bois qo’shimcha binoga muhtojlik sezilyapti, – deydi «Oqtepa» mahallasida yashovchi mehnat faxriysi Abdumannon Abduqodirov. – Bundan tashqari mahalla ham o’z binosiga ega emas. Ushbu masalalarni hal etishda amaliy yordam so’radik.

«Sayyod» mahallasi Balandosmon qishlog’ida yashovchi Yusuf Shoyimov qishloqqa 1970 yillarda aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun o’rnatilgan yog’och tayanchlar chirib, tamom bo’layotgani, qishloq aholisiga «Har bir oila – tadbirkor» dasturi bo’yicha 8 foizli imtiyozli kredit ajratishga e’tibor qaratish, «Egizbuloq» mahallasida yashovchi Nargiza Ro’ziyeva hozirda yashab turgan uyi vafot etgan qaynotasi nomidaligi, shu sababli hozirda uyni kadastr hujjatlarini tayyorlashda muammo bo’layotgani, uni qaynonasining nomiga o’tkazib berishda yordam so’radi.

Bundan tashqari «O’xum» mahallasidan Sattor Ahmedov, Xushvaqt Norboyev, «Oqtepa» mahallasidan Botir Shumqorov, «Osmonsoy» mahallasidan Nuriddin Balxiyev, «Xonbandi» mahallasidan Mehriniso Rabbimova, «Nurak» mahallasidan G’appor Astanov, «Uchma» mahallasidan Yangiboy Haydarov va boshqalar ham o’zlarini qiynayotgan muammolarini bayon etdilar.

Murojaatlar yuzasidan tegishli korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Sayyor qabul davomida qayd etilgan murojaatlarning asosiy qismi ijtmoiy-iqtisodiy masalalarga oid bo’lib, barchasi nazoratga olindi va ularni hal etish bo’yicha aniq muddatlar belgilandi.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash