Welcome to Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida


Viloyat hokimi Ergash Saliyev boshqargan navbatdagi  idoraviy yig’ilishda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari  to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni talablarining bajarilishi va boshqa bir qancha masalalar muhokama etildi.

Viloyat hokimi dastlab yig’ilish ishtirokchilari e’tiborini shahrimizda Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetning Jizzax filiali ish boshlaganligiga qaratib, qabul jarayonini uyushqoqlik bilan, yuqori savida tashkil etish, bu xayrli ishda tuman-shahar hokimliklari mutasaddilari, qo’yingki har birimiz faol bo’lishimiz zarurligini ta’kidladi.

Shundan so’ng, 5-, 6 iyul kunlari viloyatimizda “Tokio sari yo’l” shiori ostida “Xalqaro Olimpiya kuni”ga bag’ishlangan “Xalq sayli” umummilliy sport musobaqalari uyushqoqlik bilan o’tkazilganligini qayd etdi.

Ayniqsa, 5 ming nafar yoshlar tomonidan Arnasoy tumanidagi “Aydarko’l” havzasida Olimpiya halqasining jonli ko’rinishda aks ettirish loyihasining amalga oshirilganligi katta voqea bo’ldi. Uyushtirilgan tadbirning Olimpiya harakatini  rivojlantirishda, ommaviy sportga aholining keng qatlamlarini jalb etishda muhim ahamiyat kasb etganligi  alohida e’tirof etildi.

Shundan so’ng “Jismoniy va yuridik shaxslarning  murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni talablarining bajarilishi to’g’risidagi masala muhokama qilindi.

Yig’ilishda ta’kidlanganidek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali 2019 yilning 1 yanvaridan 6 iyuliga qadar viloyat hokimligining guruh va kotibiyatlariga 603 ta vertual murojaatlar kelib tushdi. Yozma murojaatlar soni 1 ming 103 tani tashkil etdi.

Joylarda o’tkazilayotgan “Sayyor qabul”lar davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, ular tomonidan ko’tarilgan muammolarning qay darajada yechim topganligi ham e’tibordan chetda qolmadi.

Ma’lumki, shu yilning 29 iyun kuni viloyat hokimining Mirzacho’l tumanida “Sayyor qabul”i o’tkazilgan edi. "Sayyor qabul” davomida 46 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Shu kuni murojaatlarning 25 tasiga yechim topilmadi.

Ular atroflicha o’rganish va ma’lum vaqt talab etadigan murojaatlar bo’lgani uchun yechimini topish imkoniyatiga ega bo’lgan  davlat idoralariga muddati belgilanib, tegishli organlar tomonidan nazoratga olingan edi.

Idoraviy yig’ilishda Sharof Rashidov, Zarbdor, Zomin, Zafarobod,  Do’stlik, Paxtakor va Mirzacho’l tumanlarida  joriy yilning mart-iyul oylari oralig’ida  viloyat 1-sektor rahbari tomonidan o’tkazilgan  sayyor qabullarda fuqarolar murojaatlarining ko’rib chiqilishi va ijobiy hal etilishi ham atroflicha muhokama etildi.  

Shu yilning  3 iyun kuni Arnasoy, Baxmal va Do’stlik tumanlari, 10 iyun kuni Zomin va G’allaorol tumanlari, 1 iyul kuni  Sharof Rashidov, Zafarobod, Zarbdor va Mirzacho’l tumanlari hokimlari ishtirokida o’tkazilgan idoraviy yig’ilish bayonlarida belgilangan topshiriqlarning bajarilishi ham muhokama etildi.

Tugmani bosing Tinglash