Welcome to Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida


Qulay geografik joylashuvi, ajoyib iqlimi, so’lim tabiati, 2-Shvetsariya deya e’tirof etilgan, turistlarni o’ziga jalb qilib kelayotgan Zomin tumanida endlikda xorij ishbilarmonlarining qadami sezilarli darajada oshmoqda.

Ishlab chiqarishning har bir tarmog’ida ularning faolligini kuzatish mumkin. Yurtimizda yaratib berilayotgan  investititsion muhit tufayli jahondagi eng nufuzli kompaniyalar biznes hamkorimizga aylanayotgani bor gap. Zomin tuman DXMda bugungi kunda jami 6 ta xorij investorlari tadbirkorlik bo’yicha davlat ro’yxatidan o’tganligi ularning soni joriy yilda yana ikkitaga oshganligi  buning yaqqol isbotidir.  

DXM kelib murojaat etuvchilaring 2 foizi aynan tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo’lgan fuqarolar tashkil etadi. Raqamlarga e’tibor qaratadigan bo’lsak Zomin tumanining o’zida 857 ta tadbirkorlik sub’yektlari mavjud. Shulardan 322 tasi yakka tartibdagi tadbirkor bo’lib, 8 tasi xorijiy korxonalardir. Zomin tumani Dashtobod qo’rg’onida barpo etilayotgan yangi sement zavodining qurilish ishlariga tamal tosh 2018 yilning dekabrь oyida qo’yilgan. Sement tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqaruvchi, Yevropada o’ziga xos nufuzga ega bo’lgan Daniya davlatining FL-Smidth kompaniyasi ishbilarmonlari bu yerlik tadbirkorlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’ygan edi.

Ayni vaqtda zavodning qurilish ishlari jadal tarzda ketmoqda. Ushbu zavodning mavjudlaridan asosiy farqi shuki, zamonaviy, samarador, energiya tejamkor eng muhimi ekologik jihatdan eng mukammal texnologiyalar bilan jihozlanadi.Qolaversa, u nisbatan arzon ko’mirda ishlashi bilan farq qiladi. Loyihaning umumiy qiymati 136 million yevroni tashkil etadi. Kelib tushadigan daromadning 15foizimahalliy tadbirkorlarniki bo’lsa qolgan qismi xorijiy investorlarga to’g’ri keladi. Sement ishlab chiqarishga mo’ljallangan barcha xom ashyolar Forish, Zomin, Zarbdor tumanlaridan  kar’yerlardan olingan minerallar bilan ishlaydi.

Zavodda ishlab chiqariladigan sement mahsuloti qo’shni davlatlar Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Afg’oniston, Turkmaniston hamda Rossiya davlatlariga eksport qilinadi. 

Sement ishlab chiqaruvchi zavoddan tashqari yana bir  katta loyiha ahamiyatga ega, aniqrog’i temir beton mahsulotlarini ishlab chiqaradigan zavodning ishga tushishidir. "Zomin maxsus plita” MChJ shaklidagi qo’shma korxonaning loyiha qiymati 12 mln.yevro bo’lib 150 dan ortiq mahalliy aholini ish bilan ta’minlaydi. Ayni vaqtda Ispaniyadan keltirilgan zamonaviy dastgohlar o’rnatilmoqda. Birinchi bosqichning o’zida zavodda 150 metr kvadratni tashkil etadigan har xil turdagi temir-betonlar, plitalar,  uzumchilik uchun shpagenar, sug’orish lotoklari ishlab chiqarishga mo’ljallangan.   Xulosa o’rnida  shuni aytib o’tish kerakki, kuz fasliga kelib bo’sh yotgan ushbu yerlarda katta zavodlar qad rostlaydi.  Bu esa aholi farovonligigini ta’minlashbilan bir qatorda, yangi ish o’rinlarini yaratishga xizmat qiladi.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash