Welcome to Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida


Prezident Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida 18 iyulь kuni Sirdaryo viloyati Xovos tumaniga tashrif buyurdi.
Davlatimiz rahbari dastlab Xovos tumani markazida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Bugungi kunda Xovos shaharchasida 27 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Bu yerda oxirgi ellik yil davomida bironta ko’p qavatli uy qurilmagan. Odamlar eski, tor, zax uylarda yashab kelgan. Infratuzilma inshootlari ham og’ir ahvolga kelib qolgan edi.
Prezidentimiz joriy yil 19 fevralda viloyatga tashrifi chog’ida tuman markazini qayta qurish, infratuzilmani yaxshilash bo’yicha mutasaddilarga topshiriq bergan edi. Uning ijrosi doirasida 2019 yil 7 mayda Vazirlar Mahkamasining 2 ming yildan ziyod tarixga ega bo’lgan Xovos tumani markazini rivojlantirishga oid qarori qabul qilindi.
Ayni paytda M-39 avtomobilь yo’li bo’yidagi hududda kompleks qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Jami 30 ta ko’p qavatli uy qurilmoqda. Shundan 20 tasi “Qishloq qurilish invest” kompaniyasi, 10 tasi tijorat banklari ishtirokida barpo etilmoqda.
Jami kvartiralar soni 760 tani tashkil etadi. 600 tasi arzon uylar va 160 tasi tijorat uylari. Kvartiralarning 380 tasi 2 xonali va 380 tasi 3 xonalidir. 10 ta tijorat uyining 1 qavatida savdo va maishiy xizmat ko’rsatish ob’yektlari joylashtiriladi. Shuningdek, 150 ta bir qavatli uylar bunyod etilmoqda.Uylarni joriy yilning kuz oylarida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Zamonaviy infratuzilmaga ega yangi turar joylar aholining ijtimoiy sharoitlarini yaxshilab, hayot sifatini oshiradi.
Bunda tashqari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari binolari, Davlat xizmatlari agentligi, tijorat banklari, maktab, istirohat bog’i, xotira maydoni, kinoteatr, kutubxona, masjid, bozor, savdo va maishiy xizmat shoxobchalarida ham qurilish ishlari jadal olib borilmoqda.

Prezident qurilishda ishlatilayotgan materiallarning narxi va sifati bilan qiziqdi. Mahalliylashtirish darajasini oshirib, ularning narxini yanada tushirish choralarini ko’rish kerakligini ta’kidladi. Urbanizatsiya nuqtai nazaridan tuman kelajagini bugundan o’ylash, zarur joylarga kommunikatsiya tarmoqlari tortish, aholini ish bilan ta’minlash va bo’shagan yerlardan samarali foydalanish bo’yicha topshiriqlar berildi.
Endi yangi ish o’rni yaratishga e’tibor qaratishimiz kerak. Toki yangi uyga ko’chib o’tadigan yurtdoshlarimiz doimiy daromad manbaiga ega bo’lsin, dedi davlatimiz rahbari.

Shu yerda Prezidentimizga Sirdaryo viloyati, xususan, Xovos tumanida ichimlik suvi ta’minoti va oqova tizimini rivojlantirish, “O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Mirzaobod tumanida bunyod etilayotgan parrandachilik, bog’dorchilik, sabzavotchilik va poliz ekinlari majmuasi, “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi doirasida Xovos shahrida jamoat tartibini saqlash bo’yicha hamkorlikda tashkil etiladigan xizmatlar, joriy yilda tumanda tashkil etiladigan kichik biznes sub’yektlari haqida ma’lumot berildi.

Xususan, keyingi yillarda 1 ming 164 kilometr suv quvurlari, 57 ta suv tarqatish stansiyasi va boshqa inshootlar qurilgani qayd etildi. Shu va galdagi ishlar natijasida 2020 yil boshida viloyat aholisining ichimlik suvi bilan ta’minlanishi 88 foizdan oshadi. Mirzaobod tumanida bunyod etilayotgan parrandachilik, bog’dorchilik, sabzavotchilik va poliz ekinlari majmuasida minglab yangi ish o’rni yaratiladi.
Davlatimiz rahbari tuman markazidagi aholining turmush sharoitlarini ko’zdan kechirdi.

O'zA.

Tugmani bosing Tinglash