Welcome to Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

 

Hurmatli foydalanuvchilar, Sizlarni Davlat statistika qo`mitasi tomonidan joriy yilning 1 sentyabridan 30 noyabrigacha “Taqdim qilinayotgan statistik ma`lumotlarning sifatidan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini baholash” bo`yicha o`tkazilayotgan so`rovnomada, savolnomani to`ldirish asosida ishtirok etishga taklif qilamiz.

Joriy yilning 17 - noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi fraksiyalari tomonidan tashkil etilgan qonun loyihalarining muhokamasiga bagʻishlangan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

Adolat va Xalq demokratik partiyalari fraksiyalarining kengaytirilgan yigʻilishlarida Davlat statistika qoʻmitasi rаisining birinchi o‘rinbosаri Xolmurodov Dilshod Ibragimovichning Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish asoslari boʻyicha hisoboti eshitildi va birinchi oʻqishda ma’qullandi.

Ma’lumot uchun, qonun loyihasini ishlab chiqishda BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan va 2016- yilda xalqaro darajada amaliyotga joriy etish uchun tavsiya etilgan Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari uchun “Rasmiy statistika toʻgʻrisidagi model qonuni”ga tayanilgan.

Loyihani ishlab chiqishda Vazirlar Mahkamasi va Davlat statistika qoʻmitasidan tashqari, 10 ta vazirlik va idoralarning tegishli mutaxassislari jalb etilgan. Shuningdek, Jahon bankining xorijiy ekspertlari ham ishtirok etgan.

“Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqishda MDH, Osiyo va Yevropa mamlakatlarining qonunchiligi hamda Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozogʻiston va boshqa davlatlarning rasmiy statistika borasidagi huquqni qoʻllash amaliyoti oʻrganilgan.

 DSQ axborot xizmati  

 

  

Tugmani bosing Tinglash