Welcome to Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech


O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olish tadbirini xalqaro standartlarga mos ravishda o‘tkazish uchun e'lon qilingan eng yaxshi logotip va shior uchun tanlovda g‘oliblar aniqlandi.

Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5655-son farmoni va Davlat statistika qo‘mitasining 2020-yil 10-martdagi 1-son farmoyishiga muvofiq o‘tkazildi. Tanlov BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tanlov joriy yilning 11-mart kuni Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy saytida (www.stat.uz) e'lon qilindi. Tanlovda fuqaroligidan qat'iy nazar 16 yoshga to‘lgan jismoniy shaxslar, professional reklama kompaniyalari va agentliklarning vakillari o‘z loyihalari bilan ishtirok etishi belgilandi. Takliflar tanlovning rasmiy elektron pochtasi (Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. Вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її.) orqali qabul qilindi.

Tanlovga jami 19 ta ariza kelib tushdi. Kelib tushgan arizalarda eng yaxshi logotip uchun 38 ta loyiha hamda eng yaxshi shior uchun 99 ta loyiha taklif etildi.

Tanlovga kelib tushgan har bir ariza va taklif etilgan loyihalar, tanlov ishchi guruhi tomonidan nizom talablari asosida birma-bir ko‘rib chiqildi. Eng yaxshi logotip va shiorni tanlab olishda g‘oyaning o‘ziga xosligi, yangiligi, aniq-ravshanligi, jozibadorligi, tarixiy, madaniy, tabiiy, xalqaro standartlarga va tadbir maqsadiga muvofiqligi hamda ijro estetikasi kabi mezonlarga mosligi o‘rganib chiqildi.

Tanlov ishchi guruhi xulosasiga ko‘ra tanlovning eng yaxshi shior nominatsiyasida Isakov Hasan Rustamovich tomonidan taqdim etilgan “Yangi O‘zbekistonning bir qismi bo‘l!” loyihasi g‘olib deb topildi.

Tanlovning eng yaxshi logotip nominatsiyasida “Alladin Design” reklama agentligi taqdim etgan loyiha tanlov g‘olibi deb topildi.

Ushbu loyihalar O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda asosiy indentifikator sifatida foydalaniladi.

G‘oliblarni taqdirlash marosimi karantin tadbirlari yakunlangandan so‘ng o‘tkaziladi.

Tanlov g‘oliblarini tabriklaymiz va faol ishtirok etgan barchaga o‘z minnadorchiligimizni bildiramiz!

Axborot xizmati    

Tugmani bosing Tinglash