Welcome to Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech


2020-yil 13-fevral kuni Davlat statistika qo‘mitasida hududiy statistka boshqarmalari Axborot xizmati xodimlari uchun  “Axborot xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish va samarali yo‘lga qo‘yish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta'minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4366-son qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida batafsil so‘z yuritildi.

Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Axborot xizmati rahbari – Raisning matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdurasulov Usmon Rustamovich qarorda belgilangan vazifalarning ijrosini ta'minlash, hududiy statistika boshqarmalari Axborot xizmati xodimlarining ish samaradorligini oshirish, sohadagi mavjud muammolar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Seminar davomida hududiy statistika boshqarmalari Axborot xizmati xodimlariga  o‘z kasbiy yo‘nalishi doirasida aholi va ommaviy axborot vositalari xodimlarini o‘z vaqtida va to‘liq xabardor qilish, rasmiy sayt va ijtimoy tarmoqlardagi sahifalarga ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan tahliliy ma'lumotlar joylashtirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan seminarda mavjud muammo va kamchiliklar muhokama qilinib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

Tadbir so‘nggida hududiy statistika boshqarmalari Axborot xizmati xodimlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

DSQ axborot xizmati    

 

Tugmani bosing Tinglash