Welcome to Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida


Shu yilning 9-iyul kuni Davlat statistika qo‘mitasida Prezidentimizning 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-son farmonida belgilangan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida aholining huquqiy ong va madaniyatini yanada oshirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz kurashish, davlat organlari va tashkilotlarining hisobdorligi va faoliyat shaffofligini ta'minlash, davlat xizmatchilarini tanlov asosida saralab olish, lavozimga tayinlash va yuqori lavozimlarga ko‘tarishning adolatli tizimini yaratish masalalari bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Seminarda davlatimiz rahbarining PF-5729-son farmoni bilan tasdiqlangan “2019–2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi”da belgilab berilgan tizim oldidagi vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, mazkur farmon ijrosini ta'minlash maqsadida qo‘mita tizimida amalga oshirilayotgan ishlar natijalari bayon etildi.

DSQ Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash