Joriy yilning 13- yanvar kuni Jizzax shahar statistika bo‘limi xodimlari tomonidan shahardagi kasb-hunar maktabi o‘qituvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710-sonli qaroriga muvofiq 2023- yilda Respublikamizda o‘tkaziladigan “Аholini ro‘yxatga olish tadbiri to‘g‘risida” davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori mazmun mohiyati, aholini ro‘yxatga olish tartibi, tarixi, normativ-huquqiy xujjatlar, aholini ro‘yxatga olish bosqichlari, aholini ro‘yxatga olishdan keyin kutilayotgan natijalar to‘g‘risida tushunchalar berildi.
O‘tkazilgan davra suhbati jarayonida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar qaytarildi.
Axborot xizmati