Welcome to Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech


Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2019-il 19-avgustdagi 691-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy statistikani yanada takomillashtirish va milliy hisoblar zamonaviy tizimini joriy etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar kompleksi”ning 6-bandiga muvofiq Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan joriy yilning iyun oyida korxona va tashkilotlarning mahsulot ishlab chiqarish va sotishga yo‘naltirilgan xarajatlari tarkibining bir martalik tanlanma kuzatuvini o‘tkazish belgilangan edi.

Kuzatuvga tushgan har bir korxona va tashkilotni telefon orqali xabardor qilish, bir martalik tanlanma kuzatuv maqsadi va vazifalarini tushuntirish, tanlanma kuzatuvda ishtirok etayotgan korxona va tashkilotlarga doimiy maslahat yordami ko‘rsatilishini tashkil etish, korxona va tashkilotlar tomonidan tanlanma kuzatuv so‘rovnomalarini “eStat” tizimi orqali to‘liq va sifatli to‘ldirilishini, mantiqiy va arifmetik nazoratlarni tekshirishni, shuningdek, tanlanma kuzatuv so‘rovnomalari ma’lumotlarini birlamchi qayta ishlashni ta’minlash boshqarma tomonidan biriktirilgan mutaxassislarga vazifa etib yuklangan edi.

Belgilangan vazifalar ijrosi tahlili bo‘yicha joriy yilning 29- iyun kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasida tanlanma kuzatuvga biriktirilgan mutaxassislar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda viloyatdagi ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 1-xarajat shakli (bir martalik) kuzatuvi bo‘yicha bugungi kunga qadar taqdim etgan xisobotlari tahlil qilinib, qo‘shimcha topshiriq va vazifalar belgilab olindi.   

Axborot xizmati  

Tugmani bosing Tinglash