Welcome to Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech


 Joriy yilning 26- iyun kuni viloyat statistika boshqarmasida “Statistika sohasiga ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” mavzusida navbatdagi o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Seminarda Jizzax Politexnika instituti “Menejment” kafedrasi o‘qituvchisi Otabek Arzikulov ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish masalalari bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.

Tadbirda, boshqarmaning Dasturiy-texnik ta’minot va ma’lumotlarni saqlash markazi boshlig‘i  v.b. M.Muradov AKT sohasida keng qo‘llaniladigan asosiy atamalar, dasturiy ta’minotlar, ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish masalalari hamda statistik hisobotlarni qabul qilishning web-texnologiyaga asoslangan Estat-4 tizimi haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri ma’lumotlarini elektron to‘lov tizimlari orqali o‘rnatilgan tartibda sotish imkoniyatini beruvchi axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha to‘xtalib o‘tdi.

O‘quv seminari so‘nggida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

Axborot xizmati   

Tugmani bosing Tinglash