24/11/2022

2022– yilning yanvar– sentabr oylarida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi 9 056,9 mlrd. so‘mni yoki 2021– yilning mos davriga nisbatan 104,7 % ni tashkil qildi. Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 59,1 % ni tashkil etdi.
Chorvachilik sohasining ichki imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha choratadbirlarning izchil amalga oshirilib borilayotganligi, shuningdek, ularga davlat tomonidan tizimli yordam ko‘rsatilib kelinayotganligi chorva mollari bosh sonining ko‘payishiga, ichki iste‘mol bozorlarini chorvachilik mahsulotlari bilan to‘ldirishga imkon yaratdi.

Axborot xizmati

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech