14/10/2022

“Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati to‘g‘risida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Targ‘ibot yig‘ilishida qonunning muhum jihatlariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, Qonunning maqsadi va qo‘llanilish sohasi xususida to‘xtalib quydagi fikrlar bildirildi. Qonunning maqsadi elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu Qonunning amal qilishi: tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan davlat xaridlariga;

birja faoliyati uchun litsenziyalarga ega bo‘lgan birjalarda tuziladigan kelishuvlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Qonunning ya’ni Elektron tijoratning asosiy prinsiplariga quyidagilardan iborat:

elektron tijorat sohasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish erkinligi;

elektron tijoratda shartnomalar tuzishning ixtiyoriyligi;

elektron tijoratda ishtirok etish shart-sharoitlarining tengligi;

elektron tijorat subyektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;

tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tegishli darajadagi sifatini ta’minlash;

elektron tijoratda jarayonlarning ochiqligi va shaffofligi;

elektron tijoratda axborot xavfsizligini ta’minlash.

Tadbir so‘ngida xodimlar o‘rtasida o‘z kasbiga nisbatan mas’uliyat hisini oshirish, yuklatilgan vazifa va majburiyatlarni bajarishda halollik, xolislik, beg‘arazlik tamoyillariga rioya qilish bo‘yicha fikrlar bildirildi.

 

Axborot xizmati

 

 

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish