19/09/2022

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura va Adliya vazirligining davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlarida (keyingi o‘rinlarda — davlat tashkilotlari) korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarning samaradorligini tahlil qilish, baholash va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

Belgilansinki, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash (keyingi o‘rinlarda — reyting baholash) quyidagi beshta yo‘nalish bo‘yicha belgilangan indikatorlar asosida amalga oshiriladi:

Reyting baholash Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tomonidan “E-Anticor.uz” elektron platformasi (keyingi o‘rinlarda — elektron platforma) orqali tashkil etiladi;

Tadbir so‘ngida xodimlar o‘rtasida o‘z kasbiga nisbatan mas’uliyat hisini oshirish, yuklatilgan vazifa va majburiyatlarni bajarishda halollik, xolislik, beg‘arazlik tamoyillariga rioya qilish bo‘yicha fikrlar bildirildi.

 

Axborot xizmati

 

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish