16/09/2022

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 267,5 ming tonna karbamid ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 111,4 % ni tashkil etdi.Shuningdek, 2022- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan karbamid ishlab chiqarish boʻyicha eng yuqori ulush Navoiy viloyati hissasiga (53,5 %) toʻgʻri kelib, ishlab chiqarish hajmi 143,2 ming tonnani tashkil etdi.

 

Axborot xizmati

 

 

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish