27/09/2022

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Jizzax viloyatida jami 4,5 trln.so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. Jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan moliyalashtirilgan investitsiyalarning ulushi 50,5 % ni tashkil etib, eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi. Shuningdek, korxona va tshkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan 20,5 %, aholi mablag‘lari hisobidan 12,9 %, Respublika budjeti hisobidan 11,1 %, tijorat bank kreditlari va boshqa tashkilotlarning qarz mablag‘lari hisobidan 3,6 % va Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan 1,4 % investitsiyalar moliyalashtirildi.

Axborot xizmati

 

 

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish