17/06/2021

Joriy yilning yanvar-may oylari yakuni bo‘yicha Jizzax viloyat chakana savdo tovar aylanmasi 3 059,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,9 % ni tashkil etdi.

Shu jumladan, yirik korxonalarning chakana savdo tovar aylanmasi 379,4 mlrd. so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 12,4  foizni, kichik tadbirkorlik sub’yektlarining chakana savdo tovar aylanmasi 2 680,1 mlrd. so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 87,6 foizni tashkil etdi.

Viloyat chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushni Jizzax shahri 26,0 foiz ulush bilan 796,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Viloyat chakana savdo tovar aylanmasida eng quyi ulushni Yangiobod tumani 1,0 foiz ulush bilan 31,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

 

 

Jizzax viloyat statistika boshqarmasi

Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo

 statistikasi bolimi

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish