11/06/2021

Avval xabar berganimizdek, multiindikator klaster kuzatuvlari shu yilning 5- apreldan buyon o‘tkazilmoqda.Hozirgi kunda MICS kuzatuvchilari Arnasoy tumani “Oltin vodiy” QFYda davom etishmoqda. 

Ushbu tadbir davomida mamlakatimizning 726 ta mahallasida ayollar, bolalar va uy xo'jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi to‘g‘risida muhim ma‘lumotlarni yig‘ishdan iborat. Multiindikator klaster kuzatuvlari 5 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan ayollar bilan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar to‘g‘risida onalari yoki vasiylaridan olingan aniq ma'lumotlarni, aholi turmush darajasi, yashash joyi (shahar yoki qishloq) va jinsi bo‘yicha to‘plangan barcha ma'lumotlarni mamlakatlar miqiyosida xalqaro darajada taqqoslash imkonini beradi.

2019- yil 24- iyulda Vazirlar Mahkamasining “2020–2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – aholining yashash sharoitlari to‘g‘risida ma'lumotlar yig‘ishdi

MICS ma'lumotlarini yig'ish 2021- yil 31- iyulgacha davom etadi.

 

Axborot xizmati    

 

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish